AsosiyDunyo

​Gaitida suv toshqini oqibatida 5 kishi qurbon bo`ldi

'​Gaitida suv toshqini oqibatida 5 kishi qurbon bo`ldi'ning rasmi

Gaitida kuchli yomg`irlar yog`ishi natijasida vujudga kelgan suv toshqini oqibatida 5 kishi halok bo`ldi, 19 kishi bedarak yo`qoldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Nashrning xabar berishicha, malakatning janubidagi Grand-Ans departamentining qirg`oqbo`yida joylashgan ikki shahrida 19 nafar dengizchi bedarak yo`qoldi. Mazkur hududda yashovchi 322 nafar odam vaqtincha joylashish markazlariga ko`chirildi, 20 nafar odam esa tabiiy ofat tufayli uylarini tashlab ketdi. Tabiiy ofat Gaiti infratuzilmasiga ham jiddiy ta`sir qildi.

Mamlakat o`tgan yilgi Metyu dovuli talafotidan hali o`ziga kelolmagandi. Mazkur dovul 573 kishining hayotiga zomin bo`lib, tabiiy ofat etkazgan iqtisodiy zarar 1,89 milliard dollarni tashkil etgan edi.

Boshqa yangiliklar