“Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi 4 yildan so`ng yana Ispaniya chempionati to`purariga aylandi.
Argentinalik futbolchi yakuniga etgan mavsum 34 o`yinda jami 37 ta gol urishga muvaffaq bo`ldi. Ikkinchi o`rinni “Barselona”ning yana bir hujumchisi – 29 ta gol urgan Luis Suares egallagan bo`lsa, “Real” etakchisi va mamlakat chempioni Krishtianu Ronaldu 25 ta gol bilan uchinchi bo`ldi.
Eslatib o`tamiz, Messi so`nggi marta 2012/13 yilgi mavsumda to`purar bo`lgandi. 2013/14 va 2014/15 yilgi mavsumlarda Krishtianu Ronaldu “Oltin butsa” sohibi bo`lgan. 2015/16 yilgi mavsumda esa Luis Suares La Liganing eng yaxshi to`purari bo`lgandi.