2018 yili 23 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasidagi Osiyo chempionatiga saralash bosqichi “D” guruhi uchrashuvlarining o`tkazilish kunlari ma`lum bo`ldi. BAA mezbonlik qiladigan mazkur guruhdan O`zbekiston, Livan va Nepal yoshlari joy olgan.
O`FF matbuot xizmatining xabar beriicha, “D” guruhi uchrashuvlari 15–19 may oralig`ida bo`lib o`tishi belgilandi. Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi jamoa dastlab Livan yoshlariga qarshi bahs yuritadi. Keyingi raqib Nepal bo`ladi. Nihoyat, so`nggi bellashuv maydon egalari – BAA yoshlariga qarshi kechadi.
Osiyo chempionatiga saralash o`yinlarining barchasi Al-Ayn shahridagi Tahnoun Bin Mohamed Stadium maydonida bo`lib o`tadi.
U-23 Osiyo chempionati saralashi
15–19 may kunlari
BAA, Al-Ayn shahri
15 iyul, shanba
19:25 BAA – Nepal
22:15 O`zbekiston – Livan
17 iyul, dushanba
19:25 Nepal – O`zbekiston
22:15 Livan – BAA
19 iyul, chorshanba
19:25 BAA – O`zbekiston
22:15 Livan – Nepal
Izoh: Uchrashuv soatlari Toshkent vaqti bilan ko`rsatilgan.






