O`zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning “Lokomotiv” klubi a`zosi Vitaliy Denisov Rossiya futbol ittifoqi (RFI) tomonidan Rossiya futbol Premer-ligasining (RFPL) 2016/17 yilgi mavsumning eng yaxshi chap qanot himoyachisi deya e`tirof etildi, deya xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati.
Kecha, 22 may kuni Rossiya futbol ittifoqi RFPLning 2016/17 yilgi eng yaxshi 33 futbolchisi nomini e`lon qildi. Mazkur 33 talik ro`yxatda har bir pozisiyaga uch nafardan futbolchi tanlab olindi.
O`zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov chap qanot himoyachisi pozisiyasida “Spartak” vakili Dmitriy Kombarov xamda “Zenit” futbolchisi Dominiko Krishito bilan eng yaxshilar qatorida e`tirof etildi.
Ma`lumot uchun, “Lokomotiv” Moskva jamoasi Rossiya chempionatini 16 jamoa orasida 8-o`rinda tugatdi. Shuningdek, “temiryo`lchilar” Rossiya Kubogini qo`lga kiritgan holda Evropa Ligasida ishtirok etish huquqini qo`lga kiritdi.






