AsosiySavol-javob

​Ish haqidan kommunal to`lov uchun ushlab qolish mumkinmi?

'​Ish haqidan kommunal to`lov uchun ushlab qolish mumkinmi?'ning rasmi

Qizim bolalar muruvvat uyida hamshira bo`lib ishlaydi. Biz kommunal to`lovlarni o`z vaqtida to`lab boramiz. Qarzdorlik bo`lmasa-da, qizimning ish haqidan kommunal to`lovlarga deb har safar 10 foizdan ushlab qolishadi. Shu mumkinmi?

M.Shamsieva

T.XAYDAROV, “O`zkommunxizmat” agentligi bosh boshqarma boshlig`i:

— Mehnat kodeksiga muvofiq, muayyan malaka bo`yicha ishni haq evaziga bajarish kelishuvi hisoblangan mehnat shartnomasiga asosan xodim bilan ish beruvchi o`rtasida mehnat shartlari, xususan mehnat haqining miqdori belgilanadi.

Umumiy qoidaga ko`ra, mehnat haqidan ushlab qolinishi xodimning yozma roziligi bilan, bunday rozilik bo`lmagan taqdirda esa sudning qaroriga asosan amalga oshirilishi mumkin.

Shuningdek, xodimning roziligidan qat`iy nazar, mehnat haqidan ushlab qolinadigan holatlar Mehnat kodeksining 164-moddasida belgilangan bo`lib, lekin unda kommunal to`lovlari uchun mehnat haqidan ushlab qolish belgilanmagan.

Mazkur tartib-qoidalarni inobatga olib shunday xulosa qilish mumkinki, ish beruvchi xodimning yozma roziligisiz kommunal xizmatlari uchun to`lovlarni mehnat haqidan ushlab qolishga haqli emas.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar