O`zbekiston U-22 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Rossiya U-21 termasiga qarshi o`rtoqlik o`yini uchun kengaytirilgan tarkibni e`lon qildi.
Tomonlar kelishuviga ko`ra, bo`lajak uchrashuvda har ikki jamoaning 1996–1997 yillarda tavallud topgan (yoki undan kichik bo`lgan) futbolchilari ishtirok etadi. Kengaytirilgan tarkibdan 32 futbolchi joy oldi.
Darvozabonlar: Dilshod Hamroev (“Bunyodkor”), Shohrux Eshbo`taev (“So`g`diyona”), Shohrux Raimov (“Paxtakor”);
Himoyachilar: Doston Tursunov (“Metallurg”), Husniddin G`ofurov (“Neftchi”), Isloimjon Qobulov (“Metallurg”), Sharof Muhiddinov (“Nasaf”), Xojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Xushnudbek Avilov (“Paxtakor”), Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Akram Komilov (“Bunyodkor”), Abbos Otaxonov (“Navbahor”).
Yarim himoyachilar: Abdujamol Isroilov (”Dinamo” Samarqand), Javohir Siddiqov (“Qo`qon-1912”), Xurshid G`iyosov (“Bunyodkor”), Aziz G`aniev (“Nasaf”), Nurillo To`xtasinov (“Bunyodkor”), Sardor Azimov (“Bunyodkor”), Doston Ibrohimov (“Paxtakor”), Javohir Qahramonov (”Dinamo” Samarqand), Islom Rashidxonov (“Nasaf”), Bobur Abduxoliqov (“Nasaf”), Bekzod G`anijonov (“Qizilqum”), Odil Hamrobekov (“Nasaf”), Suhrob Nurullaev (“Paxtakor”), Ergash Ismoilov (“Buxoro”), Mirjamol Qosimov (“Bunyodkor”), Doniyor Narzullaev (“Nasaf”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”);
Hujumchilar: Zabihillo O`rinboev (“Olmaliq”), Ravshan Xursanov (“Navbahor”), Andrey Sidorov (“Qo`qon-1912”).
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston yoshlarining Rossiya U-21 termasiga qarshi uchrashuvi Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida bo`lib o`tadi. O`yin 18:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.






