AsosiyDunyo

​Quvaytlik bojxonachilar Iroqdan uchib kelgan giyohvandlik moddasi tashuvchi kaptarni qo`lga oldi

'​Quvaytlik bojxonachilar Iroqdan uchib kelgan giyohvandlik moddasi tashuvchi kaptarni qo`lga oldi'ning rasmi

Quvaytlik bojxonachilar Iroqdan uchib kelgan, giyohvandlik moddasi tashishda foydalanilgan “pochtachi” kaptarni qo`lga oldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Mazkur kaptar Iroq bilan chegaradosh hududda joylashgan “Al-Abdali” nazorat punkti xodimlari e`tiborini tortgan. Bojxonachilar kaptarni qo`lga tushirishga muvaffaq bo`ldi. Qo`lga olingan kaptarning elkasida qopchig`i bo`lib, uning ichidan tarkibida giyohvandlik moddasi bo`lgan 178 dona tabletka borligi aniqlandi. Musodara qilingan giyohvandlik moddalari tegishli organlarga topshirildi.

Boshqa yangiliklar