“Monako” jamoasi hujumchisi, mavsum kashfiyotina aylangan Kilian Mbappe hali juda yosh ekanini, onasi esa uni hamon mashhulotlarga olib borishini aytdi.
“Joriy mavsumda meni kashf etishdi, kelasi mavsumda ushbu darajani saqlab qolmoqchiman. Men 18 yoshli bolaman. Katta xatoim, haydovchilik guvohnomam yo`qligida. Hozirgi kunda onam meni mashg`ulotlarga olib boradi”, – dedi Mbappe.
Yakuniga etgan mavsumda 18 yoshli iqtidor egasi Fransiya chempionatining 29 o`yinida 15 ta gol va 8 ta golli pasga mualliflik qildi.






