Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi “Atletiko” klubi va Fransiya termasi hujumchisi Antuan Grizmannga bo`lgan qiziqishini yanada kuchaytirdi.
Marca nashrining xabar berishicha, mankunianlar iqtidorli futbolchiga yiliga 14 million evro to`lashga tayyor. Grizmann “MYu”ning Evropa Ligasi finalidan keyin qaror qabul qilishi kutilmoqda.
Agar “Manchester Yunayted” final bahsida “Ayaks”dan ustun kelib, EChLga yo`llanmas olsa, fransiyalik futbolchi Angliyaga ko`chib o`tadi.
Antuan Grizmann yakuniga etgan mavsumda Ispaniya chempionati doirasida 36 o`yin o`tkazib, 16 ta gol va 8 ta golli pasga mualliflik qildi.






