AsosiySport

O`zbekiston U-20 futzal termasi Osiyo chempionatidagi ishtirokini yakunladi

'O`zbekiston U-20 futzal termasi Osiyo chempionatidagi ishtirokini yakunladi 'ning rasmi

Futzal bo`yicha O`zbekiston U-20 terma jamoasi tarixda ilk marotaba o`tkazilayotgan Osiyo chempionatidagi ishtirokini tugatdi.

Bugun, 24 may kuni musobaqaning yarim finalida Xose Mariya Mendez shogirdlari Iroq U-20 termasiga qarshi bahs olib bordi va 1:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Yarim finalning yana bir o`yinida Eron U-20 termasi Tailand yoshlarini qo`shimcha taymlarda 7:5 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.

Final bellashuvida Iroq U-20 va Eron U-20 terma jamoalari o`zaro kurash olib boradi. Mazkur ikki jamoa 2018 yili o`tkaziladigan yoshlar o`rtasidagi (U-18) Olimpiya o`yinlari futzal musobaqasiga yo`llanmani qo`lga kiritdi.

U-20 Osiyo chempionati
Yarim final o`yinlari
24 may, chorshanba

Tailand U-20 – Eron U-20 — 5:7

Iroq U-20 – O`zbekiston U-20 — 5:1

Boshqa yangiliklar