AsosiySport

“Manchester Yunayted” – Evropa Ligasi g`olibi! (Video)

'“Manchester Yunayted” – Evropa Ligasi g`olibi! (Video)'ning rasmi

Evropa Ligasi finalida “Manchester Yunayted” jamoasi “Ayaks” futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.

Shvesiya poytaxti Stokgolm shahrida bo`lib o`tgan o`yinda mankunianlar 2:0 hisobida zafar quchdi. Birinchi golni Pol Pogba kiritgan bo`lsa, ikkinchi golga Genrix Mxitaryan mualliflik qildi.

Shu tariqa, o`z tarixida birinchi marta Evropa Ligasida yutgan “MYu” kelasi mavsumda nihoyat EChL turniriga qaytadigan bo`ldi.

Ayaks (Gollandiya) – Manchester Yunayted (Angliya) 0:2

Gollar: 0:1 – 18 Pogba, 0:2 – 48 Mxitaryan.

Ayaks – Onana, Sanches, Ridevald (de Yong, 82), Veltman, Ziesh, de Ligt, Shene (van de Bek, 70), Klassen, Yunes, Traore, Dolberg (Neres, 62).

Manchester Yunayted – Romero, Valensiya, Smolling, Darmian, Blind, Pogba, Errera, Mata (Runi, 90), Fellayni, Mxitaryan (Lingard, 74), Reshford (Marsyal, 84).

Ogohlantirishlar: Mxitaryan (31), Fellayni (52), Veltman (58), Yunes (64), Mata (78), Ridevald (78).

Boshqa yangiliklar