Evropa Ligasi turniri finalida “Manchester Yunayted” Gollandiyaning “Ayaks” klubini 2:0 hisobida mag`lub etdi.
Mazkur o`yindan keyin “MYu” ustozi Joze Mourino o`ziga xos rekord qayd etdi. Portugaliyalik murabbiy ikki marta Evropa chempionlar ligasi va ikki marta Evropa ligasida g`olib chiqqan dunyodagi birinchi insonga aylandi.
Mourino o`z vaqtida “Portu” va “Inter” bilan EChLda g`olib chiqqan. Shuningdek, “Portu” bilan Evropa ligasi (UEFA kubogi) sovrnini ham qo`lga kiritgandi.





