AsosiyDunyo

​Xitoyning eng badavlat kishisidan 25 yoshlilar uchun qimmatli maslahatlar

'​Xitoyning eng badavlat kishisidan 25 yoshlilar uchun qimmatli maslahatlar'ning rasmi

Seulda Alibaba Group asoschisi, mol- mulki 22,2 mlrd dollarga baholangan Jek Ma ishtirokida konferensiya bo`lib o`tdi. Unda yoshlardan biri Jek Madan “Agarda hozir sizning yoshingiz 25 da va o`z biznesingizni endigina boshlayotgan bo`lganingizda, nima qilardingiz?”, — deya savol berdi.

Qachonlardir Kentucky Fried Chicken restoranlar tarmog`ida hatto menedjer yordamchisi bo`lib ishga kira olmagan, bugun esa Osiyodagi eng qimmat internet-kompaniya egasi Jek Ma bu savolga quyidagicha javob berdi:

1.Imkon qidiring

Imkoniyat har joyda bor. Hozir hamma internet bu - kelajak , deydi. 10 yil avval internet ajoyib edi, chunki u haqda hech kim bilmasdi. Bugun esa internet qiyinlashib bormoqda, sababi u erga barcha aqllilar to`planmoqda. Shuning uchun siz real sektorga kirib borganingiz ma`qul.

2.Texnologiyalardan foydalaning

Agar siz restoran ochmoqchi bo`lsangiz, uni noyob qilish uchun texnologiyalardan foydalaning. Agar siz (siryul) ochmoqchi bo`lsangiz, IT-texnologiyalarni qo`llang. Siz boshqacha bo`ling, ulardan ajralib turing. Ni-tech, texnologiyalarni hamma joyda ishlatish mumkin.

3.Kengroq fikrlang

Har doim qarama-qarshi tomonini ham o`ylang. Bir narsaga hamma rozi bo`lib turganda, siz bir daqiqa fikrlang: Shunday qilish to`g`rimi? Haqiqatdan ham shundaymi? Bir narsaga hamma qarshi bo`lib turganda ham siz o`ylang: Balki ular nohaqdir? Balki buning boshqa imkoni bordir?

4. Hayajonlanmang!

Yoshingiz 25 da bo`lsa, hayajonlanmang. Har qanday xatoingiz bu - siz uchun katta qiymatga ega.

5. Shoshilmang

Men o`zim uchun quyidagi “sxema”ni aniqlashtirib olganman, uni yosh avlodga ham so`zlab beraman:

- 20 yoshgacha talaba bo`ling. Tadbirkorlikni boshlashga shoshilmang, avval nimanidir o`rganing.

- 30 yoshgacha kimdirga ergashmang. Kichik kompaniyada ishlab ko`ring. Katta kompaniyalarda ham yaxshi tajriba orttirish mumkin, u erda ish jarayonini bilasiz, katta tizimning bir bo`lagi bo`lib ko`rasiz. Lekin kichik kompaniyada o`z ishingizga “kasal” bo`lishni va orzu qilishni hamda ko`plab vazifalarni bajarishni o`rganasiz. 30 yoshgacha siz qanday lavozimda ishlaganingiz emas, balki qanday rahbarni ortidan borganingiz muhimdir. Yaxshi rahbar sizni asosiy narsalarga o`rgatadi.

- 30 yoshdan 40 yoshgacha, agar siz chindan ham tadbirkor bo`lishni istasangiz, o`zingiz uchun ishlaysiz.

- 40 yoshdan 50 yoshgacha qaysi ishni yaxshi bajarsangiz, shuni qiling. Yana qandaydir boshqa ishga qo`l urmang, yangi soha uchun kech qoldingiz.

- 50 yoshdan 60 yoshgacha yoshlar uchun ishlang. Ular ko`p narsani sizdan yaxshiroq qilishi mumkin, shu bois, ularga o`rgating.

- 60 yoshdan keyin esa vaqtni o`zingiz uchun sarflang, ko`proq dam oling.

6.Xato qiling

25 yoshdagilar uchun maslahatim shuki, etarlicha xato qilavering. Hayajonlanmang. Siz yiqilasiz-turasiz, yiqilasiz-turasiz. Bundan zavq oling, yoshligingizdan va hayotdan rohatlaning.

Munisa ALIEVA tayyorladi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar