AsosiyDunyo

​Meksikalik qiz oddiy shippakda 50 kilometrlik marafonda yugurib, g`olib bo`ldi

'​Meksikalik qiz oddiy shippakda  50 kilometrlik marafonda yugurib, g`olib bo`ldi'ning rasmi

Maxsus tayyorgarlikdan o`tmagan, meksikalik qiz oddiy shippak va ayollar ko`ylagida yugurib, 50 kilometrlik marafon g`olibi bo`ldi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.

Meksikaning mahalliy taraumara millati vakilasi bo`lgan 22 yoshli Mariya Lorena Ramires (María Lorena Ramírez) 50 kilometrlik ultramarafonda shina rezinasidan tayyorlangan shippak va ayollar ko`ylagida yugurib, marafon g`olibiga aylandi.

Ramires 50 kilometrlik masofani 7 soatu 3 daqiqada bosib o`tib, 6 ming pesoni qo`lga kiritdi. Taraumara xalqi dunyodagi eng chopag`on odamlar hisoblanadi. Ular oraliq masofasi uzoq bo`lgan qishloqlarda yashaganligi tufayli yugurishga majburdir. Taraumara xalqi yalangoyoq va qo`ldan yasalgan shippaklar yordamida yurishadi va uglevodga boy bo`lgan, makkajo`xoridan tayyorlangan pivodan ko`p miqdorda iste`mol qilishadi.

Boshqa yangiliklar