AsosiyDunyo

​OAV: AQShda 17 yil farzand kutgan ayol bir yo`la olti farzand dunyoga keltirdi

'​OAV: AQShda 17 yil farzand kutgan ayol bir yo`la olti farzand dunyoga keltirdi'ning rasmi

Richmondda yashovchi nigeriyalik Adjibola va Adeboyya Tayvo 11 may kuni uch o`g`il va uch qizning ota-onasi bo`lishdi. Kesarcha kesish orqali tug`ruqni 40 nafar shifokor qabul qildi.

Shifokorlarning guvohlik berishicha, 30-haftada dunyoga kelgan barcha bolalarning ahvoli yaxshi va rivojlanishda davom etmoqda, biroq ularga tibbiy kuzatuv lozim.

Onani o`tgan haftada tug`ruqxonadan chiqarishdi.

Chaqaloqlarning eng kichigi tug`ilganda 500 gramm, eng kattasi esa —1 kilodan oshiq bo`lgan.

Olti bolaning bir paytda tug`ilishi bu juda kamyob hodisa. Ular tug`ilgan tug`ruqxonada bu holat birinchi bor yuz berdi. AQSh tibbiyot vakillarining ma`lum qilishlaricha, 2015 yilda mamlakatda 4 million chaqaloq dunyoga keldi, shundan 24 tasida to`rt va undan ko`p bola tug`ilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar