AsosiyDunyo

​6 yoshli bola Manchester teraktida yaralanganlarga qarayotgan hamshiralarga shirinliklar sovg`a qildi

'​6  yoshli bola Manchester teraktida yaralanganlarga qarayotgan hamshiralarga shirinliklar sovg`a qildi'ning rasmi

Buyuk Britaniyalik 6 yoshli bola Manchester shahrida ro`y bergan teraktda yaralangan odamlar uchun qon topshira olmasligini bilgach, ularning qutqaruvchilarini shirinlik bilan mehmon qilishga qaror qildi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.

Buyuk Britaniyada yashovchi olti yoshli Jozef Griffits ismli bolakay tanishlari Manchester shahar stadionidagi teraktda yaralanganini bilgach, mahalliy kasalxonaga borib, ular uchun qon topshirmoqchi bo`ldi.

Ammo u hali endigina olti yoshga to`lgani sababli, shifokorlar undan qon olmadi. Shundan keyin Jozef onasi bilan birgalikda do`konga borib, teraktda yaralangan odamlarni davolayotgan shifokor va hamshiralarga shirinliklar sotib oldi.

Jozef kasalxonaga shirinliklarni ko`tarib kelganda, hamshiralarning ko`ziga yosh keldi. U har bir hamshiraga shirinliklar ulashib, ularning mashaqqatli mehnati va yaradorlarga ko`rsatayotgan yordamlari uchun maqtadi.

Hamshiralardan biri Jozefning surati va kasalxonaga keltirgan shirinliklari aks etgan suratlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi.

23 may kuni Buyuk Britaniyaning Manchester stadionida konsert bo`layotgan vaqtda kuchli portlash ro`y berdi. Portlash oqibatida 22 kishi halok bo`ldi, 60 dan ortiq odam yaralangan. Ularning asosiy qismi yoshlar va bolalar bo`lgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar