AsosiyDunyo

​Misrda jangarilar avtobusni o`qqa tutishi oqibatida 23 kishi halok bo`ldi

'​Misrda jangarilar avtobusni o`qqa  tutishi oqibatida 23 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Misrning janubiy qismida nasroniylar o`tirgan avtobus jangarilar tomonidan o`qqa tutilishi oqibatida 23 kishi halok bo`ldi, 25 kishi yaralandi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Mazkur ma`lumotni “Al-Masriy al-Yaum” portalida Misr sog`likni saqlash vazirligining rasmiy vakili Xolid Mojahid ham tasdiqladi.

Misr OAVlari avtobusning 30 ga yaqin yo`lovchisi halok bo`lganligini ma`lum qildi. Avtobusdagi nasroniy diniga mansub yo`lovchilar Beni-Sueyf shahridan cherkovga yo`l olgan edi. Misr harbiy kuchlari avtobusga hujum qilingan tumanni “tozalash” ishlari bilan shug`ullanmoqda.

Boshqa yangiliklar