AsosiyDunyo

​Er osti yo`li orqali Braziliya qamoqxonasidan 90 nafar mahbus qochdi

'​Er osti yo`li orqali Braziliya qamoqxonasidan 90 nafar mahbus qochdi'ning rasmi

Braziliyada er osti yo`li orqali “ozodlikka chiqishga” muvaffaq bo`lgan 90 nafar mahbuslar qidirilmoqda, deb xabar berdi Ntv.ru .

Voqea mamlakatning shimolida joylashgan Riu-Grandi-du-Norti shtatidagi qamoqxonada ro`y berdi. Mahbuslar 30-40 metrli er osti yo`lini qazishgan. Do`stlariga yordam berish uchun qamoqxonadagi boshqa mahbuslar ataylab, tartibsizlikni yuzaga keltirib, qo`riqchilarning diqqatini o`ziga jalb etgan.

Qochoqlar Paraiba va Riu-Grandi-du-Norti shtatlarida mavjud bo`lgan 36 ta shahardan qidirilmoqda, ularning 8 nafari qo`lga olindi.

Muassasa rahbariyatining ma`lumot berishicha, qochoqlarni ko`chada avtomashina kutgan, shu bilan birga ular fuqarolik kiyimini kiyishga ham ulgurishgan. 2017 yilning yanvar oyida mazkur qamoqxonadan 14 nafar mahbus qochib ketgan edi.

Boshqa yangiliklar