Ishchi nomi “Maftuningman-2” bo`lgan filmi ijodkorlari birin-ketin viloyatlar bo`ylab suratga olish jarayonini davom ettirishmoqda.
12 may kuni suratga olina boshlangan kinokartina bugungacha Boysun, Xiva hamda Qoraqalpog`istondagi ijodiy jarayonni yakunladi. Ayni damda esa suratga olish ishlari Buxoroda davom etmoqda.
Quyida e`tiboringizga Xivadagi suratga olish jarayonidan lavha hamda Nukus va Mo`ynoqda olingan kadrlarni havola etamiz.
Eslatib o`tamiz, 2016 yilning yoz oylarida “Maftuningman-2” filmiga kasting e`lon qilingan va aktyorlar tanlovi butun mamlakat bo`ylab o`tkazilgan edi. Kastingda jami 2 000 nafar nomzod qatnashgan.
Suratga olish ishlari respublika bo`ylab davom etmoqda. Film rejissyor Abduvohid G`aniev tomonidan suratga olinmoqda.