Buyuk Britaniyada har daqiqada hujum qilishga tayyor bo`lgan 23 ming nafar jihodchi istiqomat qilishi aniqlandi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Nashrning ma`lum qilishicha, mazkur guruhga kiruvchilarning 3 ming nafari maxsus xizmat tomonidan nazoratga olingan. Ular milliy xavfsizlikka katta tahdid soluvchilar sirasiga kiradi. Ularning qolgan 20 ming nafari ham maxsus xizmat tomonidan tekshirilganiga qaramay, hamon kuzatuv ishlari olib borilmoqda. Evropa mamlakatlarida terrorristik xavf yuqori bo`lganligi sababli doimiy ravishda terrorchilarni aniqlash ishlari olib boriladi.






