AsosiySport

O`zbekiston U-22 terma jamoasi Xitoy yoshlariga qarshi bahs yuritadi

'O`zbekiston U-22 terma jamoasi Xitoy yoshlariga qarshi bahs yuritadi 'ning rasmi

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston U-22 terma jamoasi shu yilning 10–15 iyun kunlari Xitoyda navbatdagi o`quv-mashg`ulotlar yig`inini o`tkazadi.

O`FF matbuot xizmtaining xabar berishicha, O`quv-mashg`ulotlar yig`ini davomida O`zbekiston yoshlar termasi 13 iyun kuni Xitoy U-22 terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Mazkur bellashuv har ikki jamoa uchun 2018 yili Xitoyda bo`lib o`tadigan U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o`taydi.

O`zbekiston U-22 termasining saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 15–19 iyul kunlari BAAda bo`lib o`tadi.

Boshqa yangiliklar