AsosiyShou-biznes

​Shahzoda Muhammedovaga 600$ tashlagan yigitning turmush o`rtog`i pullarni qaytarib oldi

'​Shahzoda Muhammedovaga 600$ tashlagan yigitning turmush o`rtog`i pullarni qaytarib oldi'ning rasmi

Dizayner, aktrisa, boshlovchi va ayrim xollardagi xonanda Shahzoda Muhammedova bilan bog`liq 600$ voqeasi katta shov-shuvga sabab bo`lib, uning muxokamasi hali hanuz tinganicha yo`q. Sirli qolishni istagan o`sha yigit Sayyod.com nashri bilan bog`lanib, bu holatni o`z voqeasi borligi va Shahzodani muxlisi ekanini aytgandi.

Sayyod.com nashriga ma`lum bo`lishicha, bu voqeadan u yigitning turmush o`rtog`i xabar topgan va avvaliga aktrisa Shahzoda Muhammedova bilan bog`lanib, uni eridan piar uchun foydalanayotganlikda ayblab, e`tiroz bildirgan va Shahzodani oldiga kelib, pulni qaytarib olgan.

Ma`lum bo`lishicha, o`sha voqeadan so`ng yigit yana Shahzodaga shirinlik bilan 200$ tashlab ketgan. Unisini ham yigitni ayoli qaytarib olganmi, yo yo`qmi noma`lum.

Bu oldi-berdining ma`nosi nimaga taqalgan hanuz jumboq, deb yozadi nashr.

O`sha sirli yigit Sayyod.com nashri tomonidan o`tkaziladigan “Fahrli inson” hayriya loyihasiga ham o`z hissasini qo`shib ketgan.

Boshqa yangiliklar