AsosiyDunyo

​Stavropolda damba o`pirilishi xavfi tufayli 40 ming kishi evakuasiya qilindi

'​Stavropolda damba o`pirilishi xavfi tufayli 40 ming kishi evakuasiya qilindi'ning rasmi

Rossiyaning Stavropol o`lkasi FVV hududiy komissiyasi o`tkazgan yig`ilishda Otkaznenskoy suv ombori dambasining o`pirilish xavfi tufayli aholini evakuasiya qilishga qaror qilindi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Komissiya bergan ma`lumotga ko`ra, bugun suv omboridagi suvning hajmi ortgan, buning oqibatida suv toshqini yuzaga kelishi mumkin. Soat tonggi 6 dan boshlab, suv bosishi ehtimoli bo`lgan aholi punktidagi odamlar evakuasiya qilina boshlandi. Odamlarni evakuasiya qilish uchun 400 ta avtobus ajratildi, Stavropolda yuzdan ortiq vaqtinchalik joylashtirish punktlari tashkil etildi. Mazkur tadbirda Rossiyaning FVV, IIV, Rosgvaridiyaning 5 mingdan ortiq, shu jumladan ko`ngillilar ishtirok etmoqda. Huquq-tartibot idorasi xodimlari aholi punktlaridan evakuasiya qilingan odamlarni qo`riqlash ishlarini tashkil qildi.

Boshqa yangiliklar