Aktrisa va boshlovchi Luiza Rasulovaning surati tanqidlarga va keng muhokamalarga sabab bo`ldi.
Luiza Rasulova ana shunday haqoratli so`zlardan iborat bo`lgan sharhlarni skrin-shot qilib o`zining Instagramdagi sahifasiga joyladi.
“Men bu gaplarga e`tibor bermaslikka harakat qildim, lekin uzr, bu narsa qo`limdan kelmadi. Odamlarga hayronman unday qilsang bunday deydi, bunday qilsang unday deydi. Faqat va faqat kamchilik topib, bir gala bo`lib g`iybat qilishsa bo`ldi. Shu narsadan semirishadimi deyman. Biz hammamiz san`at ichidagi odamlarmiz har doim harakatdamiz hozir Ro`zayi Ramazon oyi bo`lishiga qaramasdan biz yoki s`yomkada yoki sahnadamiz bekorchi ishlar bilan shug`ullanib yurganimiz yo`q. Oddiy bir misol keltiraman bugun ertalab klip jarayonidan video quydim, keyin bir pas unga yozilayotgan izohlarga qarab turdim, nima emish uyalmaysizmi shunday kunlarda kalta ko`ylak kiygani, ming lanat senga diyishadimiey. Ota-onamni qo`shib xaqoratlashadimiey... Bitta narsani aytaman, biz o`zimiz tanlamaymiz klipga nima kiyib, nimada tushishni, buni liboslar buyicha dizayner va rejissyor xal qiladi. Odamlar aql o`rgatib, o`zini Hudojo`y qilib ko`rsatishadi lekin yozayotgan gaplari umuman bir-biriga to`g`ri kelmaydi. Judayam achinarli holat, shunchalik aqlli ekansizlar nahotki bilmaysiz, birovni so`kib haqorat qilish gunohligini, nafaqat so`kinish balki g`iybat ham katta gunoh. Bir odamni muhokama qilish ham gunoh. Bunday insonlarga faqatgina achinaman xolos. Insof so`rayman sizlarga. Ozgina yozayotgan gapinglarga e`tibor berishga harakat qilinglar, tilinglarni ushlab turolmasangiz ham. Meni hayotimga hech kimni aralashishga hattoki qanday kiyinib yurish turishimga ham baho berishga hech kimning haqqi yo`q, oilamdan boshqa. Mayli hammamiz ham Hudoning bir gunohkor bandalarimiz, men o`z qilgan ishlarim uchun yurish turishim va hattoki kiyinishim uchun ham narigi dunyoda o`zim javob beraman, hech kim men qilgan ish uchun javob bermaydi. Sizlar o`zingiz uchun javob berishni o`rganinglar. Sizlardan bir iltimosim bor biz ijodkor insonlarni tug`ri tushunishingizni va qilayotgan kichkinagina ijodimizni ko`rib bahramand bo`lishingizni hohlardim. Bu hayotimiz o`zi qisqa uni esa har xil bo`lar-bo`lmas ishlarga sovurmaylik. To`g`ri barchangiz birdek o`z fikringizni yozishga haqqingiz bor, lekin bu ish noto`g`ri deb uylayman, undan ko`ra o`sha odamning erishayotgan yutuqlaridan qilayotgan ijodidan fahrlanishni o`rganing. Rahmat”, deya fikrini muhtasar qildi Luiza Rasulova.
Luizaning aynan qaysi surati bunday tanqidlarga sabab bo`lgani ma`lum emas.