CLICK kompaniyasi o`z foydalanuvchilariga Telegram ilovasida to`lovlarni amalga oshirish imkoni joriy qilinganini ma`lum qildi.
Ushbu ilovaning ommabopligini inobatga olgan holda CLICK kompaniyasi o`z foydalanuvchilari uchun maxsus bot - @CLICKUZBOT ni ishlab chiqarib, ishga tushirdi.
Ushbu dastur Telegram ilovaning o`zidan turib har kungi to`lovlarni qulay ravishda amalga oshirish imkonini beradi. Buning natijasida, foydalanuvchilar Telegram ilovasidan chiqmasdan turib, hamkasblari va yaqinlari bilan bo`layotgan muloqotdan uzilmasdan darhol kerakli to`lovlarni amalga o`tkazish imkonini qo`lga kiritishdi.
Kompaniyaning yangi @CLICKUZBOT boti orqali to`lashni boshlash uchun uni Telegram ilovasida topib, unga xabar yuborish kifoya. Bundan keyin bot bilan barcha muloqot qulay va tushunarli suhbat formatida oshiriladi.
Hozirgi paytda bot orqali eng ommaviy to`lovlar joriy qilindi: mobil aloqa, internet-provayderlar, TV va telefoniya xizmatlari. Lekin ushbu xizmatalr ro`yxati doimiy ravishda kengaytirib boriladi. Xavfsizlik masalasi ham chetlab o`tilmadi. Bot bilan muloqot jarayonlarida karta ma`lumotlarining xavfsizlik standartlarining talablari bajarilib kelinmoqda.