Tataristonning janubida tornadoga o`xshash kuchli quyun kuzatildi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Osmonga ko`tarilgan ulkan quyunni yuzlab odamlar tomosha qildi. Ularning aytishicha, bunday tornadoga o`xshash kuchli quyunni ular ilk marotaba kuzatishgan. Quyun oqibatida o`nlab uylarning tomi uchib ketdi. Maktab va machit binosi zarar ko`rdi, elektr simlari uzildi. 150 nafar qutqaruvchi tabiiy ofat talafotlarini bartaraf qilmoqda. Tabiiy ofat tufayli odamlar jabrlanmadi.






