«Jasurbek Maxamadjon o`g`li Ibragimov og`ir tan jarohatlari oqibatida vafot etganligi holati» yuzasidan Mirobod tumani IIBda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda huquqni muhofaza qilish idoralaridan: Toshkent shahar prokurorining o`rinbosari adliya kichik maslahatchisi F.X.Abduraximov, Toshkent shahar prokuraturasi bo`lim boshlig`i adliya katta maslahatchisi B.B.Maxsitov, Mirobod tumani prokurori adliya maslahatchisi A.G.Axunov, Toshkent shahar IIBB boshlig`ining o`rinbosari polkovnik D.B.Tashxodjaev va Toshkent shahar IIBB boshqarma boshlig`i polkovnik A.Sh.Umarxonovlar ishtirok etishdi.
Bo`lib o`tgan ushbu uchrashuv davomida ommaviy axborot vositalari vakillarining holat yuzasidan olib borilayotgan tergov-surishtiruv ishlari bilan bog`liq barcha savollariga javob berildi.
Xususan, uchrashuvda dastlabki tergov davomida mazkur holatning kelib chiqish sabablari, ta`lim muassasasining o`qituvchi-pedagoglari va tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlariga ham huquqiy baho berilishi masalasiga alohida to`xtalib o`tildi.
Bundan tashqari, ushbu uchrashuvda mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchi I.A.To`laganovning ota-onasi ham ishtirok etib, ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga javob berishdi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda, uning natijasi bo`yicha saytimiz orqali qo`shimcha ma`lumot berib boriladi.