O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Bosh vaziri Tereza Mey Janobi Oliyalariga ta`ziya izhor qildi.
Hurmatli Bosh vazir Janobi Oliyalari!
London shahrida ko`plab insonlar hayotiga zomin bo`lgan terroristik hujumlar munosabati bilan chuqur ta`ziyamni qabul qilgaysiz.
Biz hech narsa bilan oqlab bo`lmaydigan bu kabi g`ayriinsoniy va vahshiyona hujumlarni keskin qoralaymiz hamda xalqaro hamjamiyat bilan birga ushbu jiddiy tahdidga qarshi murosasiz kurashni davom ettirishga tayyormiz.
Halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardligimni etkazishingizni so`rayman, jarohatlanganlarning barchasi tezroq sog`ayib ketishini tilayman.
Qayg`u bilan,
Shavkat Mirziyoev,
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti