AsosiySport

“Real” darvozaboni finalda hakamlik qildi

'“Real” darvozaboni finalda hakamlik qildi'ning rasmi

Madridning “Real” klubi Kardiff shahridagi “Millenium” stadionida o`tgan Evropa Chempionlar ligasi final o`yinida “Yuventus”ni(4:1) mag`lubiyatga uchratdi va ketma-ket ikkinchi mavsum mazkur musobaqada g`olib chiqdi.

“Real”ning zahira darvozaboni Kiko Kasilya esa uchrashuv so`nggida zahira hakamining elektron tablosini qo`liga oldi va 89-daqiqada amalga oshirilgan o`zgarishni (Toni Kroos o`rniga Alvaro Morata) shaxsan amalga oshirdi. Bundan tashqari, uchrashuv uchun qo`shib berilgan daqiqani ham aynan u ommaga tanishtirdi.

O`yin yakunlanganidan so`ng, “Real” erishgan 12-kubok tufayli elektron tabloga 12 sonini yozdi.

Boshqa yangiliklar