2017 yil 03 may kuni taxminan soat 14:00 larda Yashnobod tumani hududidagi 145-maktab oldida Jasurbek Maxamad o`g`li Ibragimovga nisbatan og`ir tan jarohatlari etkazilganligi holati yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o`limiga sabab bo`lgan qasddan badanga og`ir shikast etkazish) alomatlari bilan 1999 yilda tug`ilgan Islombek Abdujamilovich Tulaganovga nisbatan mavjud bo`lgan jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hozirda boshqa shaxslarning mazkur jinoyatga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Tergov harakatlari yuzasidan qo`shimcha ma`lumotlar berib boriladi.