2017 yil 3 may kuni P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji 2-bosqich talabasi 1999 yilda tug`ilgan Ibroximov Jasurbek Maxammadjon o`g`li tan jarohati olib, Toshkent shahar 2-son bolalar jarrohlik shifoxonasiga yotqizilgan va olgan tan jarohatlari natijasida 2017 yil 1 iyun kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida vafot etgan.
Holat yuzasidan Mirobod tumani IIB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.
O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan berilgan ma`lumotlarga ko`ra, jinoyat ishi yuzasidan olib borilayotgan tergov harakatlari O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan shaxsan nazoratga olindi.