2017 yil P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji 2-bosqich talabasi 1999 yilda tug`ilgan Ibroximov Jasurbek Maxammadjon o`g`li tan jarohatlari oqibatida 1 iyun kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida vafot etganligi holati yuzasidan Mirobod tumani IIB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.
Jinoyat ishi 2017 yil 4 iyun kuni Toshkent shahar prokuraturasi ish yurituviga qabul qilindi. To`plangan dalillar majmui asosida I.Tulaganov Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilindi va unga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo`llanildi.
Hozirda jinoyatga aloqador shaxslar doirasini aniqlash yuzasidan tegishli tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.