Angliyalik jurnalist qo`liga qilich olgan holda tushgan fotosurati orqali terrorchilarni duelga chaqirdi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.
The New Observer nomli ingliz nashrining jurnalisti Andre Uoker (Andre Walker) “Islom davlati” guruhi jangarilarini kurashga chorladi. Jangarilar uni o`ldira olsa, 50 ming funtga ega bo`lishini ma`lum qildi.
Uoker Manchester stadionida va London shahrida sodir etilgan teraktdan keyin shunday qarorga kelganini ma`lum qildi. Jurnalist o`zining Tvitter sahifasida bu haqda shunday xabar qoldirdi:
“Terrorchilardan eng katta tanqidchilarining ovozini o`chirishni taklif qilaman, evaziga mukofot beraman. Ammo har bir o`yinning o`z qonun-qoidasi bor. Qo`limga qilich tutganim kurashga tayyorligimni bildiradi.”, deb yozdi jurnalist Andre Uoker. Agar javob yozishsa, jangarilarga o`z yashash manzilini berishni va`da qildi.
U “Islom davlati” terrorchilarini “ojiz va qo`rqoqlar”, deb atadi. London aholisini ulardan qo`rqib uyda o`tirmasdan, ko`chaga chiqishga da`vat etdi.