AsosiyJamiyat

​Borovskiy kolleji ma`muriyati Jasurbek Ibrohimovning o`limiga olib kelgan hodisa yuzasidan bayonot berdi

'​Borovskiy kolleji ma`muriyati Jasurbek Ibrohimovning o`limiga olib kelgan hodisa yuzasidan bayonot berdi'ning rasmi

P.F. Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji ma`muriyati Jasurbek Ibrohimovning o`limiga olib kelgan hodisa xususida bayonot berdi. Unda kollej ma`muriyati bo`lib o`tgan hodisa yuzasidan hamdardlik bildirayotganlarga minatdorchilik izhor qildi.

Barcha pedagogik tarkib va o`quvchilar Jasurni yo`qotganidan chuqur qayg`uda.

Ushbu hodisa kollej hududidan ancha yiroqda sodir bo`ldi.

Kollej hududida 120 dan ortiq kuzatuv videokameralari o`rnatilgan, bu barcha o`quvchilarga ma`lum. Kollejga kirishda xavfdan ogohlantiruvchi tugma o`rnatilgan bo`lib, uni bosganda IIBB xodimlaridan iborat milisiya patrul xizmati 15 daqiqa ichida etib keladi. Bundan tashqari kollejda qo`riqlash xizmati xodimlari ham bor.

Ushbu choralar ziddiyatli vaziyatlarni oldini olish va kollej o`quvchilarini xavfsizligini ta`minlashga yo`naltirilgan.

Kollej ma`muriyati tomonidan ko`riladigan barcha choralar o`quv muassasa hududida tartibni ta`minlaydi.

3 may kuni chamasi soat 14:15-14:30 kollej hududidan tashqarida Jasur Ibrohimov va Islom Tulaganovlar ishtirokida mazkur hodisa sodir bo`lgan, bunga Jasur Ibrohimovning 4 nafar do`sti guvoh.

Guvohlarning, ya`ni Jasurning do`stlarining so`zlariga ko`ra, guruh tomonidan kaltaklanish bo`lmagan va bo`lib o`tgan hodisadan so`ng Jasur taksida o`zi uyga ketgan.

Jasurning onasining so`zlariga ko`ra, u onasiga soat 17:40 da qo`ng`iroq qilgan va o`zini yomon his qilayotganini aytgan.

Hodisa oqibatlari haqida ijtimoiy tarmoqlarda juda ko`p fikrlar bildirilmoqda.

Ayni damda bo`lib o`tgan holat yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atilgan, va uning natijasida tergov organlari hodisa ishtirokchilarining harakatlariga tegishli baho berishadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar