AsosiyDunyo

Surati butun dunyoga larzaga solgan aleppolik bolaning bugungi hayoti

'Surati butun dunyoga larzaga solgan aleppolik bolaning bugungi hayoti'ning rasmi

O`tgan yili barcha nashrlarda chop etilgan, suriyalik tinch aholining azoblarini o`zida aks ettirgan 5 yoshli Omran Daknishning surati butun dunyoni larzaga solgan edi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.

2016 yilning 17 avgust kuni 5 yoshli Omran Daknishning uyi snaryadlar zarbasi tufayli vayron bo`lib, o`zi qutqarib qolingan edi. Aleppo Media Centre mahalliy kanali tez yordam mashinasida o`tirgan, chang va qonga botgan bolakay haqida xabar bergan edi. Dunyo nashrlari uning kasalxonadagi suratini fojianing namunasi sifatida chop etgandi. Daknish o`shanda jiddiy jarohat olmagan va tezda kasalxonadan chiqqandi.

Yaqinda Addounia telekanali jurnalisti Kiana Allush (Kinana Allouche) o`zining Feysbuk sahifasiga suriyalik Omran Daknishning yaqinda oilasi bilan tushgan suratini joylashtirdi. Muxbir uning otasidan intervyu oldi. Uning aytishicha, o`g`li surat tufayli mashhur bo`lib ketgach, uni isyonkorlardan himoya qilish maqsadida sochini olib tashlab, ismini o`zgartirgan. Bolaning otasi mamlakat obro`siga putur etkazmaslik maqsadida Suriyani tark etmaganligini ma`lum qildi.

Boshqa yangiliklar