AsosiyShou-biznes

​Abduvohid G`aniev: “Maftuningman”ga o`xshagan xalq mehrini qozongan film yaratmoqchimiz

'​Abduvohid G`aniev: “Maftuningman”ga o`xshagan xalq mehrini qozongan film yaratmoqchimiz'ning rasmi

Butun Respublika bo`ylab kasting o`tkazgan, jami 2 000 nafar nomzodni sinovdan o`tkazgan “Maftuningman-2” filmi ijodkorlari ayni damda yurtimizning 7 ta nuqtasida suratga olish ishlarini yakunladi.

Ayni damda “Maftuningman-2” ijodiy guruhi Toshkentda ekanligidan foydalanib, film rejissyori Abduvohid G`anievni suxbatga tortdik:

– Suratga olish ishlari qanday o`tyapti?

– Jarayon ko`ngildagiday ketyapti. Hozir vohada suratga olish ishlarini yakunlab, vodiyga o`tish arafasidamiz. Kunning issiqligini hisobga olmasa, hammasi joyida, ishlayapmiz. Shu kunlarda vodiy bo`ylab suratga olish ishlarini boshlaymiz. Andijon, Namangan, Farg`ona, Qo`qon va dovonda suratga olish ishlarimiz bor, shularni tugatib, Toshkentga o`tamiz.

– Filmni “Maftuningman-2” deb nomlashdan maqsad nima?

– “Maftuningman” filmini barchamiz hozirgacha sevib tomosha qilamiz. Qaysidir ma`noda ijodiy guruhimiz bilan ushbu filmga havas qilganimizdan, shu filmga o`xshab “Maftuningman-2” ham xalq mehrini qozonadigan, obro`li film bo`lishiga umid qilyapmiz.

Ehtimol suratga olish ishlari tugashiga yaqin keyinchalik o`zgartirarmiz, hozircha esa yaxshi niyatda shu nomni tanladik. Film nafaqat O`zbekiston balki chet elda ham o`zbek san`ati va madaniyatini ko`rsatishiga xizmat qiladi.

Eslatib o`tamiz, “Dono Productions” kinokompaniyasi tomonidan qo`l urilgan ushbu yirik kinoloyihada mashhur chehralardan foydalanilmayapti. Kinokompaniya “Maftuningman-2” orqali yangi qiyofalarni kashf etishni maqsad qilgan.

Quyida filmni Samarqand, Buxoro va Jizzax shaharlarida suratga olish jarayonidan olingan foto va video lavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar