Ukraina poytaxti Kiev shahridagi AQSh elchixonasi hududida portlash bo`ldi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Mazkur hodisa haqida polisiya spikeri Oksana Blishik Facebook sahifasida xabar qoldirdi. Portlash oqibatida hech kim jabrlanmadi. Polisiya matbuot xizmatining ma`lumot berishicha, Kiev markazida joylashgan elchixona hududida portlash yuz bergani haqida polisiya navbatchilik qismiga xabar berilgan. Huquq-tartibot idorasi xodimlari tekshiruv natijasida elchixona hududiga kimdir noma`lum portlovchi qurilmani tashlaganini aniqladi. Ayni paytda voqea joyida tergovchilar ishlamoqda.






