Joriy yilning 14-24 iyun kunlari Kiprning tarixiy Pafos shahrida 12-Kipr xalqaro kinofestivali (CYIFF) o`tkaziladi.
Ahamiyatli tomoni shundaki, mazkur kinofestivalning asosiy dasturidan O`zbekistonlik yosh kinorejissyor Muhlisa Azizova tomonidan suratga olingan va yaqindagina 70-Kann xalqaro kinofestivalining Qisqa metrajli filmlar burchagida namoyish etilgan “U” filmi ham o`rin olgan.

Kinofestivalda turli mamlakatlarning yosh kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan 100ga yaqin to`liq va qisqa metrajli badiiy filmlari ishtirok etib, festivalning bosh sovrini – “Oltin Afrodita” (Golden Aphrodite) uchun kurashadi.

Ma`lumot uchun: Kipr xalqaro kinofestivali 2006 yildan buyon o`tkazilib kelinayotgan bo`lib, jahondagi 5500dan ortiq festivallar orasida yirik 100talikka kiradi.






