AsosiySport

Mario Gomes “Volfsburg” bilan shartnomasini 1 yilga uzaytirdi

'Mario Gomes “Volfsburg” bilan shartnomasini 1 yilga uzaytirdi'ning rasmi

Mario Gomes “Volfsburg” jamoasi bilan amaldagi shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda Bild nashri ma`lum qildi.

31 yoshli tajribali hujumchi yana bir mavsum “bo`rilar” safida to`p suradigan bo`ldi. Ya`ni kelishuv muddati 2018 yil yozida tugaydi.

2016/17 yilgi mavsumda Mario Gomes “Volfsburg” ishtirokidagi barcha musobaqalarda 37 o`yinda maydonga tushib, 18 gol va 1 golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Boshqa yangiliklar