O`zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Sardor Rashidov Eronga qarshi o`yin oldidan OFK rasmiy saytiga intervyu berdi, deb yozadi O`FF matbuot xizmati.
Suhbat davomida iqtidorli futbolchi terma jamoa JCh–2018 turniriga to`g`ridan-to`g`ri yo`llanma kiritishi uchun hamma bor kuchini berishi kerakligini aytib o`tdi.
“O`zbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga to`g`ridan-to`g`ri yo`llanmani qo`lga kiritishi uchun bor kuchimizni ishga solishimiz, borimizni berishimiz kerak. Butun O`zbekston bizga ishonib, jamoamizni duo qilib turganini his qilib turamiz. O`ylaymanki, bularning barchasini his qilgan holda kuchimizni ayamay o`ynashimiz shart.
O`zbekiston terma jamoasi hali Jahon chempionatiga chiqmagan. Agar bu vazifani uddalasak, biz va xalqimiz uchun xursandchilik va katta bayram bo`ladi. Chunki Jahon chempionati bizdan keyin etishib chiqadigan futbolchilarga ijobiy ta`sir qiladi” – dedi Sardor Rashidov.






