Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Portu»dan «Milan»ga o`tgan Andre Silvani maqtadi, deya xabar beradi CA.
«Terma jamoadagi faoliyatimni tugatganimdan so`ng Portugaliya yaxshi qo`llarda qoladi, sababi yaxshi hujumchiga ega. Bu Andre Silva», — deydi Ronaldu.
Andre Silva bu maqtovga oddiy javob berdi: «Men xotirjamman. O`z fikrimni bildirishdan oldin hali ancha ko`p ishlashim kerak».
JCh-2018 saralashida Andre Silva 6ta o`yinda 6ta gol urdi va 1ta pas berdi.






