“Manchester Yunayted” jamoasi yarim himoyachisi Adnan Yanuzay o`z faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.
AS nashrining xabar berishicha, “Real Sosedad” belgiyalik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirgan. Mankunianlar futbolchining transferidan 10 mln evro ishlab olishni maqsa qilgan.
Qayd etish kerakki, o`tgan mavsumni “Sanderlend” safida ijara asosida o`tkazgan Adnan Yanuzayning “MYu” bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilgacha mo`ljallangan.






