AsosiySport

O`zbekiston U-18 termasi 17 futbolchi bilan Belarusga yo`l oladi

'O`zbekiston U-18 termasi 17 futbolchi bilan Belarusga yo`l oladi 'ning rasmi

O`zbekiston U-18 terma jamoasi shu yilning 17 va 19 iyun kunlari Minsk shahrida Belarus yoshlar termasiga qarshi o`rtoqlik o`yinida maydonga tushishi haqida xabar berilgandi.

Aleksandr Mochinov bosh bo`lajak o`yinlarda ishtirok etish uchun 17 futbolchini tanlab oldi. Quyida ular bilan tanishing:

Darvozabonlar: Umidjon Ergashev (“Nasaf”), Javohir Qilichev (“Bunyodkor”);

Himoyachilar: Abubakir Mo`ydinov (“Bunyodkor”), Georgiy Ahmedov (“Paxtakor”), Nodirbek Kuybokov (“So`diyona”);

Yarim himoyachilar: Suhrob Izzatov (“Bunyodkor”), Dilshod Saidov (“Nasaf”), Asadbek Sobirjonov (“Paxtakor”), Ibrohim Yo`ldoshev (“Paxtakor”), Boburjon Asqarov (“Paxtakor”), Abbosbek Qumaqulov (“Sementchi”), Kamron Saidazimov (“Paxtakor”), Rasul Yo`ldoshev (“Bunyodkor”), Sanjarbek Zokirov (“Sementchi”), Akmal Mozgovoy (“Nasaf”);

Hujumchilar: Islom Kenjaboev (“Nasaf”), Jahongir Abdusalomov (“Bunyodkor”).

Bo`lajak o`yinlar O`zbekiston U-18 terma jamoasi uchun 2018 yili bo`lib o`tadigan U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o`taydi. Saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari Tojikistonda bo`lib o`tadi.

Boshqa yangiliklar