O`zbekiston U-22 terma jamoasi 10–15 iyun kunlari navbatdagi o`quv-mashg`ulotlar yig`inini o`tkazish uchun Xitoyga yo`l oldi.
Yig`in doirasida o`zbekistonlik futbolchilar bugun, 13 iyun kuni Xitoy U-22 termasiga qarshi bahs olib bordi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mazkur bellashuv har ikki jamoa uchun 2018 yili Xitoyda bo`lib o`tadigan U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o`tadi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston U-22 terma jamoasi Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 15–19 iyul kunlari BAAda o`tkazadi.






