Evropada JCh–2018 turniriga saralash bosqichining navbatdagi o`yinlari yakuniga etdi. Endi jamoalar o`zaro o`rtoqlik o`yinlarini o`tkazmoqda.
Angliya terma jamoasi o`rtoqlik o`yinida Fransiya bilan to`qnash keldi. Mazkur bellashuvda 10 kishi qolgan fransuzlar inglizlarni irodali tarzda 3:2 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.
Fransiya – Angliya 3:2 (2:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 9 Keyn, 1:1 – 22 Umtiti, 2:1 – 43 Sidibe, 2:2 – 48, penalti Keyn, 3:2 – 78 Dembele.
Fransiya – Loris, Varan, Mendi (Din, 21), Sidibe (Jalle, 90), Umtiti, Pogba, Kante, Lemar, Mbappe, Jiru (Koselni, 52), Dembele.
Angliya – Xiton (Batlend, 46), Djons (Kressuell, 82), Stounz, Bertran (Uoker, 46), Keyxill, Alli, Oksleyd-Chemberlen, Sterling, Dayer, Tripper(Lallana, 76), Keyn.
Ogohlantirishlar: Stounz (62), Alli (73).
Chetlatish: Varan (47).






