AsosiySport

O`rtoqlik o`yinlari. Ruminiya Chilini taslim qildi, Kamerun Kolumbiyadan 4 ta gol qabul qildi

'O`rtoqlik o`yinlari. Ruminiya Chilini taslim qildi, Kamerun Kolumbiyadan 4 ta gol qabul qildi'ning rasmi

Evropa, Janubiy Amerika va Afrikada JCh–2018 turniriga saralash bosqichining navbatdagi uchrashuvlari yakuniga etgach, terma jamoalar o`rtoqlik o`yinlari o`tkazishni boshladi.

Jumladan, Ruminiya terma jamoasi o`z maydonida Chilini qabul qilib, 3:2 hisobida irodali g`alabaga erishdi. Aytish kerakki, chililiklar 2:1 hisobida oldinda borayotganida Gari Medel 33-daqiqada qizil kartochka olib, jamoadoshlarini qiyin ahvolga soldi.

Skandinaviya derbisida Norvegiya va Shvesiya o`rtasidagi o`yinda g`olib aniqlanmadi – 1:1. Kolumbiya terma jamoasi Afrika chempioni Kamerun darvozasiga 4 ta javobsiz gol urdi.

Ruminiya – Chili 3:2 (1:2, 2:0)

Gollar: 0:1 – 8 Vargas, 0:2 – 18 Valensiya, 1:2 – 31 Stanku, 2:2 – 60 Stanchu, 3:2 – 83 Beluse.

Ruminiya – Pantilimon, Ganya (Sru, 70), Toshka, Kirikesh, Pintiliy, Xanka, Marin (Rotaryu, 46), Benzar (Ivan, 46), Stanchu (Bikfalvi, 86), Stanku(Beluse, 66), Andone (Grozav, 46).

Chili – Errera, Roko, Mena (Rodriges, 89), Dias, Valensiya (Isla, 46), Guterres (Fuensalida, 83), Medel, Sanches, Arangis (Vidal, 54), Vargas (Puch, 65), Dias (Silva, 55).

Ogohlantirishlar: Stanchu (28), Arangis (28), Marin (36).

Chetlatish: Medel (33).


Norvegiya – Shvesiya 1:1 (1:0, 0:1)

Gollar: 1:0 – 44 Elyunussi, 1:1 – 81 Armenteros.

Norvegiya – Nyuland, Svensson, Flu, Xovland, Deli (Aleesami, 83), Nordtveyt (Valsvik, 46), Berge (Selnes, 46), Tronnsen, Elyunussi, Maars(Elyunussi, 56), Toft-Soderlund (Omoidjuanfo, 46).

Shvesiya – Nordfeldt, Kraft, Xelander, Yansson (Yuxansson, 70), Xilemark (Roden, 68), Xult, Larsson, Klasson, Larsson (Forsberg, 69),Gvidetti (Armenteros, 68), Nyuman.

Ogohlantirishlar: Svensson (11), Tronnsen (72).


Kamerun – Kolumbiya 0:4 (0:2, 0:2)

Gollar: 0:1 – 16 Xames, 0:2 – 30 Mina, 0:3 – 52 Mina, 0:4 – 85 Iskerdo.

Kamerun – Onana, Ovona, Gioata, Teyku (Mabuka, 46), Ngvem, Zambo (Ngamale, 46), Mandjek, Bumal, Tambe, Toko-Ekambi, Mukandjo (Sutchin-Djum, 46).

Kolumbiya – Ospina (Vargas, 61), Mina, Fabra, Aryas (Medina, 77), Sapata, Moreno (Iskerdo, 61), Barrios, Xames, Sanches (Guterres, 46),Kuadrado (Agilyar, 77), Borxa (Falkao, 46).

Ogohlantirishlar: Teyku (31), Barrios (72).

Chetlatish: Tambe (47).

Boshqa yangiliklar