AsosiySport

“Barselona” 23 yoshli himoyachiga 50 mln evroni to`lashga tayyor emas

'“Barselona” 23 yoshli himoyachiga 50 mln evroni to`lashga tayyor emas'ning rasmi

“Barselona” va “Benfika” klublari o`rtasida himoyachi Nelson Semedo bo`yicha muzokalarari davom etmoqda, deb xabar bermoqda Zerozero.

Lissabonliklar 23 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun “Barselona”dan 50 million evro so`ramoqda, ammo kataloniyaliklar bu summani to`lashga tayyor emas.

“Barselona” rahbariyati futbolchining narxiri tushirishga harakat qilmoqda. Muzokaralar qiyin kechayotgan bo`lsa-da, aynan “ko`k-anor ranglilar” Semedo uchun favorit bo`lib turibdi.

“Benfika” himoyachisiga, shuningdek, “Bavariya”, “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” klublari da`vogarlik qilmoqda.

Yakuniga etgan mavsumda Nelson Semedo Portagaliya chempionatida 21 o`yinda ishtirok etib, 1 ta gol urishning uddasidan chiqqan.

Boshqa yangiliklar