O`zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Vadim Afonin o`tgan mavsum yakuniga ko`ra Rossiya birinchi divizioniga tushib ketgan “Obrenburg” klubini tark etib, “Anji” a`zosiga aylandi. Bu haqda “Orenburg” matbuot xizmati ma`lum qildi.
Vadim Afonin 2014 yildan buyon “Orenburg” sharafini himoya qilayotgandi. Uch mavsumda yarim himoyachi 87 o`yinda maydonga tushib, 7 marta raqiblar darvozasiga gol urdi.
Faoliyati davomida 29 yoshli futbolchi “Traktor” (Toshkent, 2005), “Rubin” (Rossiya, 2006–2008), “Sho`rtan” (2009–2012), “Salyut Belgorod” (Rossiya, 2013) klublarida ham to`p surgan.
Ma`lumot uchun, Vadim Afonin O`zbekiston milliy terma jamoasi safida 3 ta o`yinda maydonga tushgan.






