Mashhur “Rokki” va “Karatechi bola” filmlarining rejissyori Jon Evildsen 81 yoshda olamdan o`tdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Evildsen Los-Anjeles shahar tibbiyot markazlaridan birida oshqozon osti saratonidan vafot etdi, deb ma`lumot berdi rejissyorning o`g`li. Bu filmda Rokki rolini Silvester Stallone ijro etgan. Mazkur film ijodkorlari nafaqat “Oskar”, balki bir qancha nufuzli mukofotlarni qo`lga kiritishgan. “Rokki” dunyo ahlining sevimli filmlaridan biriga aylangan.
“Rokki” filmining rejissyorligi uchun “Oskar” mukofotini qo`lga kiritgan buyuk rejissyor Jon Evildsen olamdan o`tdi. Uning samoda ham xit filmlarni yaratishiga ishonib qolaman...”, deb yozdi Silvester Stallone.