Avval xabar berilganidek, O`zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov JCh–2018 musobaqasidan avval o`tkaziladigan Konfederasiyalar Kubogi–2017 turnirida videotakrorlar bo`yicha referi assistenti vazifasini bajaradi.
Rossiyada bo`lib o`tayotgan musobaqada Ravshan Ermatov birinchi tayinlov oldi. O`zbekistonlik hakam “B” guruhi 1-turidan o`rin olgan Avstraliya – Germaniya uchrashuvida ishlaydi. deb yozadi O`FF matbuot xizmati.
Ma`lumot uchun, Avstraliya – Germaniya bellashuvi ertaga, 19 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.






